So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

17 dek 14:18
Yangiliklar

Taekvondo, Boshqalar

Terma jamoalarimiz funkcional tekshiruvdan o'tkazilmoqda

Teglar :  Taekvondo
Yaqinlashib kelayotgan Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yo'lida O'zbekiston va Rossiya Milliy olimpiya qo'mitalari o'rtasida olib borilayotgan hamkorlik doirasida navbatdagi dastur o'tkazilmoqda.

Uning doirasida Rossiya Olimpiya qo'mitasi huzuridagi innovacion markazining tor doiradagi tajribali mutaxassislari (Pavel Karneev, Evgeniy Rassudixin, Anna Eliseeva, Yuliya Lemesheva) ikkinchi bor bir qator sport turlari bo'yicha terma jamoamiz vakillarini funkcional tekshiruvdan o'tkazishmoqda. Jarayon Milliy olimpiya qo'mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida o'tmoqda. Tekshiruvlarni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov ham kuzatib bormoqda. Suhbat davomida sportchilar bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning oldini olish, atletlarimizning salomatligini jiddiy nazorat qilib borish borasida tegishli ko'rsatmalar berildi.


Takidlash joiz, MOQ rahbari iyul oyida Moskvada Rossiya Olimpiya qo'mitasi huzuridagi innovacion markazi direktori Sergey Zotkin bilan uchrashib, Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik doirasida o'zaro hamkorlikda ishlash bo'yicha kelishib olgan edi. 


Ayni paytgacha suv polosi, triatlon, dzyudo, taekvondo, sport kurashlari kabi terma jamoalar tekshiruvdan o'tgan bo'lsa, oldinda qilichbozlik, engil atletika, karate, baydarka va kanoechilarimiz ham rossiyalik mutaxassislar ko'rigidan o'tishi rejalashtirilgan. 


Tekshiruv davomida qon tahlillari olinib,  sportchilarning individual jismoniy va psixologik holatlari bo'yicha chuqurlashtirilgan tekshiruv olib boriladi. Unda terma jamoadagi har bir sportchining fiziogologik holati, jismoniy yuklamalarning maksimal darajasi, harakat vaqtida yurak-qon tizimining faoliyati, muskullarning rivojlanish darajasi atroflicha o'rganiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing