28 okt 12:15
Yangiliklar
Terma jamoamiz Jahon chempionatiga jo'nab ketdi FOTOREPORTAJ
O'z tarixida yubiley 40-marotaba tashkil etilayotgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Tarkibdan Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov, olimpiya o'yinlari ishtirokchilari Hikmatulloh To'raev, Bekmurod Oltiboev, Diyora Keldiyorova va Gulnoza Matniyazova ham bor. Terma jamoamiz delegaciyasi kecha tunda Parij shahriga yo'l oldi.
Etiborlisi, shu kungacha -73 kg vazn toifasida musobaqalarda tatamiga chiqib kelgan Hikmatulloh To'raev o'zini yangi -81 kg vaznda sinab ko'radi. Hikmatulloh ikki yil avval Xitoyning Uxan shahrida o'tkazilgan Butunjahon armiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgandi. Artyom SHturbabin ham shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan edi.
Terma jamoa tarkibi:
-60 kg: Dilshod Baratov
-66 kg: SHavkat Saitkulov
-66 kg: Artyom SHturbabin
-73 kg: Obidxon Nomonov
-81 kg: Hikmatulloh To'raev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To'raboev
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
+100 kg: SHohruh Baxtiyorov
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: SHukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
Murabbiylar - Tohir Fayziev, Ulug'bek Azizov, Sanjar Zokirov, SHuhrat Boboev
Delegaciya rahbari - Mansur Mamadaminov
Fikrlar