19 iyu 14:48
Yangiliklar
Dzyudo
Terma jamoamiz Maydzuruni tark etdi + FOTO
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Maydzuru shahrida tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunladi.
Bugundan mashg'ulotlar poytaxt Tokioga ko'chadi va mashhur "Kodokan" zalida davom ettiriladi.
Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi bergan malumotga ko'ra, dzyudo bo'yicha barcha ishtirokchi terma jamoalar aynan "Kodokan"da o'z mashg'ulotlarini o'tkazishadi. Olimpiadada dzyudo bahslari 23 iyul kuni boshlanadi.
Olimpiya o'yinlarining birinchi medallari uchun kurash aynan dzyudo musobaqasida kechadi. Musobaqaning birinchi kuniyoq ayollarda -48 kg, erkaklarda esa -60 kg vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar