So’nggi yangiliklar

13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0

20 noy 10:53
Yangiliklar

Dzyudo

Terma jamoamiz Seul orqali dzyudo vataniga jo'nab ketdi

Gruziya yig'inidan qaytgan O'zbekiston dzyudo terma jamoasi qisqa tatildan so'ng yilning yana bir nufuzli musobaqasida ishtirok etish maqsadida Kunchiqar yurtga jo'nab ketdi.

Terma jamoamiz delegaciyasi Seul orqali Osaka “Katta Dubulg'a” turniriga etib borishadi. Ayni shu soniyalarda dzyudochilarimiz Janubiy Koreya poytaxtida bo'lib turishibdi.

22-24 noyabr kunlari o'tkaziladigan Osaka turnirida dunyoning 5 ta qitasi, 94 davlatidan jami 534 (307 erkak, 227 ayol) nafar dzyudochi musobaqa medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi. 

Osaka tatamilarida yurtimiz sharafini 7 nafar dzyudochimiz himoya qiladi. Terma jamoa murabbiylari etakchi dzyudochilarimizning ayrimlariga dam berishni lozim topishgan. Osaka turniri g'oliblari o'z hisoblariga qimmatli 1000 reyting ochkosini yozib qo'yishadi. Kumush medal sohiblari 700, bronza medal egalari esa 500 reyting ochkosiga ega bo'lishadi. Beshinchi o'rin uchun 360, ettinchi o'ringa esa 260 reyting ochkosi beriladi.   

Terma jamoa tarkibi:

-60 kg: Kemran Nurullaev

-81 kg: Kamoliddin Rasulov

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muhammadkarim Xurramov

+100 kg: Alisher Yusupov

Qizlar:

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-78 kg: Nodira Yo'ldosheva

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing