03 iyu 20:23
Yangiliklar

Terma jamoamiz tog'li Bakurianida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi
Islom Birdamlik o'yinlari (Konya), kattalar o'rtasidagi Osiyo (Almati) hamda Jahon (Toshkent) chempionati dzyudochilarimiz ishtirok etadigan eng muhim musobaqalar qatorida etirof qilinyapti.
Bundan tashqari, "Katta Dubulg'a" va "Masters" turnirlari, yoshlar o'rtasidagi Osiyo (Tailand) hamda Jahon (Ekvador) chempionatlari ham terma jamoamiz azolarini kutmoqda. Ana shu musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida terma jamoamiz delegaciyasi Gruziyaning tog'li Bakuriani shahriga etib bordi va mashg'ulotlarga kirishdi. Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini 22 iyulga qadar davom etadi.
Bakurianiga yo'l olgan tarkib: Sardor va Kemran Nurillaev, Mirzohid Mahammadjonov, Bobur Vajiev, Jaloliddin Qurbonmurodov, Muhriddin Tilovov, SHahram Ahadov, Murodjon Yo'ldoshev, Obidxon Nomonov, SHarofiddin Boltaboev, Ramazon Allaberdiev, Davlat Bobonov, SHermuhammad Jandriev, Muzaffarbek To'raboev, Otabek To'raboev, Bekmurod Oltiboev, Alisher Yusupov, SHohruh Baxtiyorov.
Fikrlar