04 iyu 12:34
Yangiliklar
Terma jamoamizning Alikantedagi yig'ini davom etmoqda
Farhod To'raev boshchiligidagi dzyudochilarimiz MELIA mehmonxonasiga joylashishgan va dengiz bo'yidagi mashg'ulot zalida shug'ullanishmoqda. Ushbu xalqaro mashg'ulot yig'inida Yaponiya, Janubiy Koreya, Braziliya, Rossiya, Ukraina, Germaniya, Mo'g'uliston, Xitoy kabi 30 ga yaqin davlat dzyudochilari ishtirok etyapti.
6 iyulga qadar davom etadigan Alikante yig'ini Vengriyada o'tkaziladigan Budapesht Gran-prisiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Yig'inda qatnashayotgan dzyudochilarimiz:
-60 kg: SHarofiddin Lutfullaev, Kemran Nurullaev
-66 kg: SHahram Ahadov
-73 kg: G'iyosjon Boboev, Obidxon Numonov
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev, Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Yahyo Imomov
-100 kg: SHerali Jo'raev
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
Murabbiylar
Farhod To'raev
Adham Jamolov
O'ktam Rahmonov
Aziz Qayumov - shifokor
Javlon Hasanov - massajchi
Fikrlar