So’nggi yangiliklar

10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0

01 noy 12:56
Yangiliklar

Karate

Termizda karate WKF bo'yicha “Surxon Open- 2021” xalqaro turniri o'tkazildi

Teglar :  SurxondaryoKarate
30-31 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Alpomish” nomli sport majmuasida karate WKF bo'yicha 5 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida “Surxon Open-2021” musobaqasi tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash, shuningdek, yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni, xususan, karate sport turini keng ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralash maqsadida tashkil etilgan mazkur ochiq turnirda Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda qo'shni Qirg'iziston va Tojikiston Respublikalaridan 300 nafardan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kuch sinashishdi.

Surxondaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi, O'zbekiston karate milliy federaciyasi, Surxondaryo viloyat karate federaciyasi hamkorligida ikki kun davomida o'tkazilgan ushbu bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, har bir vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olgan yosh karate ustalari musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Dilshod YUSUPOV, Toshkent tumani bolalar-o'smirlar sport maktabining karate WKF murabbiyi, “Keles karate” klubi rahbari: 

- Musobaqada Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi hamda Toshkent tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktablarida karate bo'yicha muntazam mashg'ulotlarga qatnayotgan yosh karatechilarimiz bilan ishtirok etdik. Yuqori saviyada tashkil etilgan ochiq turnirda shogirdlarimiz muvaffaqiyalatlarga erishib, medallarga ega chiqishdi. Bekobod shahridagi BO'SM va “Humo” karate klubidan 6-8 yoshlilar o'rtasida Davlatbek Abdullaev, Javohir Xalimboev, Oybek SHuhratov, Umar Ergashboev, 10 yoshdan 13 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida Toshkent tuman BO'SM hamda “Keles karate” klubimizdan Muhammadumar Mirhakimov, Muhammaddiyor Mansurov, Saidkamol Adilov, Jo'rabek Alibekovlar kuchli uchlikdan joy olib, medallarga sazovor bo'lishdi. Maqsadimiz, o'g'il-qizlarimizni sportga keng jalb etish va istedodlarini yuzaga chiqarib, bu kabi musobaqalarda ishtirokini taminlash, katta sport sari etaklashdan iborat.    

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing