13 okt 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Tez orada kimlarningdir boshi uchadi". Bolta ko'targan Zabit dekabrdagi jangiga shama qildi + FOTO
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, yarim engil vaznda UFC jangchisi Zabit Magomedsharipov dekabr oyida oktagonga ko'tariladi.
U o'zining "Instagram"dagi sahifasiga bolta ko'tarib olgan suratini joyladi.
"Tez orada kimlarningdir boshi uchadi", — deya surat ostida izoh hamda "dekabr" xeshtegini qoldirgan Magomedsharipov.
Eslatib o'tamiz, Zabit 29 avgust kungi UFC turnirida Yair Rodrigesga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi. Lekin meksikalik jangchining jarohati bunga yo'l qo'ymagandi. UFC promousheni esa unga boshqa jang tashkil qilib bermadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar