06 jan 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Tez orada “Toshkent yo'lbarsi” yangi uyga ko'chib o'tadi
Avval malum qilganimizdek, shu kunlarda o'zbek boksi afsonasi Rufat Risqievga yangi uy qurish ishlari olib borilmoqda.
Hukumatimizning etibori hamda g'amxo'rligi bilan qad rostlayotgan yangi xonadonning tom qismi yopilib, pardozlash ishlari boshlab yuborildi.
O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov bayram arafasi Rufat Asadovichning xonadoniga tashrif buyurib, qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Yangi uy Rufat Risqievning xonadonida, o'z hovlisining bo'sh qismida qad rostlamoqda. Yaqin kunlarda uy to'liqligicha bitkazilib, afsonaviy bokschimiz shinam va issiq xonadoniga ko'chib o'tadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar