07 mar 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA

The Ring tasdiqladi. Naoya Inoue 2025 yilda ikkita jang o'tkazadi
Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg) toifasida mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inouening 2025 yilda ikkita jang o'tkazishi tasdiqlandi.
Bu haqda Saudiya Arabistoni ko'ngilochar boshqarmasi boshlig'i Turki Al ash-SHeyxga tegishli The Ring nashri xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, Naoya 4 may kuni Las-Vegasda meksikalik Ramon Kardenasga qarshi ringga ko'tariladi. G'alaba qozongan taqdirda, 14 sentyabrda Tokio shahrida hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievdan kamarlarini himoya qiladi. Murodjon ayni paytda Indiodagi o'zbek bokschilari qarorgohida mashg'ulot o'tkazyapti.
Malumot uchun, 31 yoshli Naoya Inoue 2012 yilda professional boksda debyut qilgan. Oltinchi jangida birinchi o'ta engil vazn (50,8 kg) toifasida WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar