11 iyu 11:06
Yangiliklar

The Ultimate Fighter 33. Furqatbek Yoqubovning vaznida ikkinchi yarim final ishtirokchisi aniqlandi
Bu safar o'ta engil vazn toifasidagi jang tashkil etildi. Unda Daniel Kormening jamoasidagi meksikalik Imanol Rodriges (5-0) CHeyl Sonnen va Furqatbek Yoqubovning jamoadoshi, hindistonlik Arshiyan Memonni birinchi raunddayoq taslim etdi. SHunday qilib, Imanol o'ta engil vazn toifasidagi ikkinchi yarim finalchiga aylandi. Avvalroq, Sonnenning jamoasidan Morales yarim finalga yo'l olgandi.
SHouning keyingi sonida yarim o'rta vazn toifasida Kormening jamoasidan amerikalik Jeff Kreyton (11-2-1) Sonnenning irlandiyalik sportchisi Andreas Binder (10-2) bilan bahs olib boradi. Bu vazndagi ilk yarim finalchi Korme klubidan ukrainalik Daniil Donchenko bo'lgandi.
Ushbu shoudagi hamyurtimiz Furqatbek Yoqubovning ilk raqibi 18 iyun kuni efir yuzini ko'radigan to'rtinchi sonda elon qilinishi mumkin. Unga yarim final yo'lida qozog'istonlik Alibi Idris yoki JAR vakili Tumelo Manyamala raqib bo'lishi mumkin.
Fikrlar