28 may 12:22
Yangiliklar

The Ultimate Fighter 33 shousi start oldi. Furqatbek Yoqubov CHeyl Sonnenning jamoasida + FOTO
Xabaringiz bor, shouning joriy yilgi mavsumida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Furqatbek Yoqubov ham ishtirok etdi. Hamyurtimiz o'ta engil vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etadi.
Bu mavsumda jamoalarga UFC sobiq yulduzlari Daniel Korme hamda CHeyl Sonnen murabbiylik qiladi. Ko'rsatuvning ilk sonida malum bo'lishicha, Yoqubov CHeyl Sonnenning jamoasida bo'ladi.
Daniel Korme jamoasi:
O'ta engil vaznda:
Tumelo Manyamala (JAR, 6-1)
Alibi Idris (Qozog'iston, 10-0)
Imanol Rodriges (Meksika, 5-0)
Eduardo Enrike (Braziliya, 13-2).
Yarim o'rta vaznda:
Rodrigo Sezinando (Braziliya, 8-1)
Daniil Donchenko (Ukraina, 11-2)
Jeff Kreyton (AQSH, 11-2-1)
Aleks Sanches (Meksika, 15-3).
CHeyl Sonnen jamoasi:
O'ta engil vaznda:
Roybert Echeverria (Venesuela, 10-2)
Furqatbek Yoqubov (O'zbekiston, 15-4)
Arshiyan Memon (Hindiston, 7-0)
Jozef Morales (AQSH, 12-2).
Yarim o'rta vaznda:
Mett Dikson (AQSH, 11-1)
Richard Martins (Braziliya, 9-1)
Diego Byankini (Braziliya, 9-1)
Andreas Binder (Irlandiya, 10-2).
Birinchi sonda o'ta engil vazn toifasidagi ilk jang tashkil etildi. Unda Yoqubovning jamoadoshi Jozef Morales Korme jamoasidagi braziliyalik Eduardo Enrikeni birinchi raundda bo'g'ish usuli orqali engdi.
Fikrlar