05 dek 16:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Ti Jey Dillashou qaytmoqda. U darxol chempionlik jangi berilishini xohlaydi
Sobiq UFC chempioni Ti Jey Dillashou o'z faoliyatini tiklash arafasida.
Jangchi taqiqlangan moddalar sabab diskvalifikaciyaga uchragan edi. Dillashou qaytishi bilanoq unga titul jangi berilishini istamoqda.
"Men hoziroq chempionlik jangini xohlayman. Sizlar Pyotr Yanni chempion deb hisoblaysizmi? U oxirgi ikki jangini yutqazgan Joze Aldoni mag'lub qilib kamarga erishdi. U qanday chempion bo'lishi mumkin? Bu meni kamarim va men uni qaytarib olaman", - dedi Ti Jey Dillashou.
Eslatib o'tamiz, Dillashouning diskvalifikaciya muddati 2021 yilning 18 yanvar kuni o'z nihoyasiga etadi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar