01 apr 12:28
Yangiliklar
Dzyudo
Tilovov 12 daqiqa davom etgan bahsda Olimpiada chempionini mag'lub etdi
Turkiyaning Antaliya shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir start oldi.
O'zbekistonlik dzyudochilarning ishtirokini Muhriddin Tilovov boshlab berdi. -66 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz ilk davrada rossiyalik tajribali raqib, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Beslan Mudranovga qarshi bahs olib bordi.
Qo'shimcha bo'lim bilan hisoblaganda 12 daqiqadan ko'proq davom etgan uchrashuvda Tilovov nomdor raqibini mag'lubiyatga uchrata oldi. Endi Muhriddin ikkinchi davrada yaponiyalik jahon chempioni Xifumi Abega qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar