31 mar 13:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Tim Czyu faoliyatidagi ilk mag'lubiyatiga izoh berdi
Avstraliyalik bokschi Tim Czyu Sebastyan Fundoraga qarshi jangdagi mag'lubiyatidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun g'alaba qozongan raqibimga tan beraman. Bu boks va sportning bir qismi. Bo'lib turadi. U divizionimizning yangi qiroli. Biz qaytamiz. Men baribir yorqin jang o'tkazdim. O'zimni oqlashni istamayman. Men istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorman. Fundora bilan yana bir marta jang qilishga tayyorman", - dedi Czyu.
Eslatib o'tamiz, bugun o'tkazilgan jangda Czyu ochkolar evaziga Fundoraga mag'lub bo'ldi va o'ziga tegishli WBO kamarini boy berdi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar