01 apr 10:11
Yangiliklar
Tim Czyu: "Men barcha kamarlar uchun qaytaman!"
Avstraliyalik bokschi Las-Vegasda o'tgan boks oqshomida amerikalik Sebastyan Fundoraga hakamlarning ayri qarori bilan, ochkolar hisobiga ko'ra (112-116, 115-113, 116-112) imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
"Sebastyanni tabriklayman. U haqli ravishda g'alabaga erishdi. Men hech qachon chaqiruvlardan qochmaganman. Bu bilan yangi avlod bokschilarini kuchli raqiblar bilan jang qilish bo'yicha ruhlantirib kelganman. Men albatta qaytaman. Ha, nafaqat o'zimning, balki diviziondagi barcha kamarlar uchun qaytaman. Vazifa va maqsad o'zgarmaydi, — dedi Czyu o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli Tim Czyu kecha professional boksdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U prof ringda 2016 yilda debyut qilgan bo'lsa, 2023 yil WBO kamarini qo'lga kiritdi. Ilk himoyadayoq uni yutqazib qo'ydi.
Fikrlar