10 apr 10:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Tim Czyu - Sebastyan Fundora jangi PPV tomonlama moliyaviy "halokat"ga uchragani aytildi
Taniqli insayder Rik Gleyzerning xabar berishicha, Czyu-Fundora jangidan tushgan PPV sotuvi natijalari PBC va Amazon Prime kompaniyalari uchun haqiqiy moliyaviy halokat bo'lgan.
Gleyzerning malumotlariga ko'ra, ushbu jangning PPV savdo ko'rsatkichi 50 mingdan past bo'lgan, bu ushbu yo'nalishning antirekordlaridan biri hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, jangda Fundora g'alaba qozonib, superyarim o'rta vazn toifasida WBO va WBC kamarlarini qo'lga kiritgan edi. Mazkur vazn toifasida WBA chempionlik kamari hamyurtimiz Isroil Madrimovga tegishli bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : FightSpace
Fikrlar