07 iyu 19:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Tim Czyu Sparkni nokautga uchratdi (+VIDEO)
Taniqli bokschi Kostya Czyuning o'g'li Tim Czyu bugun Avstraliyada yurtdoshi Stiv Sparkka qarshi jang qildi.
Jang 10 raundga mo'ljallangandi va uchinchi raundda o'z nihoyasiga etdi. Bungacha kichik Czyu raqibini nokdaun holatiga tushirishga ham ulgurgandi.
Malumot uchun, bu Czyu uchun professional faoliyatidagi 19-jang bo'ldi. U janglarning barchasida g'alabaga erishgan (15 ta nokaut).
Eslatib o'tamiz, Czyu hamyurtimiz Isroil Madrimov o'z janglarini o'tkazadigan birinchi o'rta vaznda ringga ko'tariladi. Madrimov WBA reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. Czyu esa WBC va IBF reytingida 3, WBO reytingida 1-o'rinni band etgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar