07 apr 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Tim Czyuning navbatdagi jang sanasi malum qilindi
Birinchi o'rta vazn (69,9 kg gacha) toifasidagi sobiq jahon chempioni Tim Czyuning promouteri Jorj Rouz bokschi navbatdagi jangini qachon o'tkazishi mumkinligini aytdi.
"Iyul oyiga boks turniri rejalashtirilgan. Tim ushbu kechada ishtirok etadimi-yo'qmi, yaqin kunlarda bu borada qaror qabul qilamiz", — dedi Rouz matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta oxirida Tim Czyu amerikalik Jozef Spenserga qarshi jang o'tkazib, to'rtinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar