10 iyu 09:44
Yangiliklar
Boks/MMA
"Tojik burguti" Ramazon Temirov bilan bir oqshomda jang qiladi
Tojikistonlik engil vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan UFC jangchisi Nurullo Aliev navbatdagi jangini 25 iyul kuni BAAning Abu-Dabi shahri mezbonlik qiladigan UFC Fight Night turnirida o'tkazadi.
Aliev ushbu oqshomda tajribali amerikalik sportchi Mayk Devisga qarshi oktagonga ko'tariladi. Mazkur qarama-qarshilik turnirning asosiy kardidan o'rin olgan.
25 yoshli Nurullo Aliev professional MMAda hozirga qadar 11 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. UFC'da esa u Rafael Alves, Jo Solecki va SHem Rok ustidan qozongan g'alabalari orqali mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.
Eslatib o'tamiz, mazkur oqshomda hamyurtimiz Ramazon Temirov Avstraliya vakili Stiv Erceg bilan bahs olib boradi.

Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar