So’nggi yangiliklar

18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0

19 iyu 14:06
Yangiliklar

Futbol, Tokio-2020

Tokio-2020. Olimpiadada kuzatishingiz zarur bo'lgan futbol yulduzlari

Teglar :  OlimpiadaTokio-2020
Yaponiya poytaxtidagi yozgi Olimpiada boshlanishiga bir necha kun qolmoqda.

Futbol muxlislarini esa Tokio-2020"dagi futbol musobaqasi qiziqtirishi tabiiy. Odatda, bu musobaqaga nisbatan kamroq etibor beriladi. Biroq bu safar Tokioga ko'plab mashhur futbolchilar tashrif buyuradi.

Umuman olganda, Olimpiya o'yinlarida jamoa tarkiblari asosan yosh futbolchilardan tashkil topadi, ularga uch nafar yoshi katta akalari hamroh bo'ladi. Olimpiada yosh iqtidor sohiblariga o'zini ko'rsatish imkoniyatini bersa, tajribali sportchilar dunyoga o'zi haqida yana bir bor eslatib qo'yishlari mumkin.

Demak, etiboringizga erkaklar o'rtasida futbol bo'yicha Olimpiadada ishtirok etishi kutilayotgan mashhur shaxslarni taqdim etamiz:

Florian Toven (yarim himoyachi, Franciya, "Tigres", 28 yosh)

Tan oling, Olimpiya o'yinlarida har safar ham 28 yoshli, jahon chempionini uchratavermaysiz, ammo milliy termaning kengaytirilgan ro'yxatidan ham tushib qolgan Florian Toven endilikda Tokioda yosh francuzlarni ortidan ergashtirishga harakat qiladi.

Toven yaqinda "Marsel"ni Meksikaning "Tigres" jamoasiga alishdi. U raqib himoyasini kesuvchi uzatmalarni ustasi va o'ziga ham vaziyat yarata oladi. Agar Franciya Tokioda muvaffaqiyat qozonishni niyat qilgan bo'lsa, Toven jamoaning muhim futbolchisi bo'lishi turgan gap.


Andre-Per Jinyak (hujumchi, Franciya, "Tigres", 35 yosh)

Jamoa o'yini Toven atrofida qurilsa-da, muxlislarga uning klubdagi jamoadoshi Andre-Per Jinyak harakatlarini kuzatish qiziqroq bo'lsa ajab emas. Uning 2015 yil yozda "Marsel"dan "Tigres"ga ko'chib o'tish qarori ko'pchilik uchun kutilmagan bo'ldi. Mish-mishlar uni "Inter" yoki "Lion"ga jo'natayotgan bir vaqtda futbolchi butkul boshqa yo'nalishda ketib qoldi.

Biroq undan buyon Jinyak biror marta Evropa tomon "qayrilmadi", Meksika klubi safida 149 ta gol urdi va mahalliy klubning ramziga aylanib ulgurdi. Hozir 35 yoshli forvard Olimpiadaga KONKAKAF CHempionlar Ligasi g'olibi sifatida yo'l olmoqda va bu 2016 yildan buyon ilk bor sportchining Franciya libosida maydonga tushishi bo'ladi! SHunday ekan Jinyak yurtdoshlariga o'zi haqida eslatib qo'yish uchun astoydil harakat qilishi turgan gap. 


Marko Asensio (yarim himoyachi, Ispaniya, "Real Madrid", 25 yosh)

Transfer narxi, yulduzlik darajasi va qo'lga kiritilgan trofeylar ro'yxati borasida bu Olimpia ishtirokchilaridan uncha-munchasi Asensio bilan bahslasha olmaydi. 25 yoshli futbolchi o'z iqtidori va salohiyatini to'liq ochib berolmayotgandek. Jismoniy holati sabab La Liga doirasidagi oxirgi 74 uchrashuvdan faqatgina 43 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ushbu oraliqda Asensio 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Biroq "Real" yarim himoyachisi yuksak iqtidori ila hali ham faoliyatida burilish qilishga qodirdek. Ushbu yoz ispan futboli uchun bir muncha omadli o'tmoqda deyish mumkin. Uning chiroyli yakunini esa aynan Tokioda ko'rishimiz mumkin va Asensio ushbu termaning etakchilaridan biri bo'lishi kutilmoqda.


Risharlison (hujumchi, Braziliya, "Everton", 24 yosh)

Bu yoz Risharlison Amerika Kubogida ettita o'yinda maydonga tushdi, musobaqada futbolchi bittadan gol va golli uzatma muallifiga aylandi. SHubhasiz, hujumchi Braziliya finalga etib borishida yordam berdi, lekin hal qiluvchi o'inda "selesao" Argentinaga yutqazib qo'ydi. Endi "Everton" vakili yana bir bor Braziliyani eng yuqori pog'onaga olib chiqishi va besh yil oldin qo'lga kiritilgan oltinni saqlab qolishini taminlashi mumkin.

Mish-mishlarga qaraganda, Karlo Anchelotti sobiq shogirdi bilan bog'langan va "Real"ga o'tish borasida gaplashgan. SHunday ekan Olimpiada Risharlison uchun o'z iqtidorlarini "qirollik klubi" rahbariyatiga ko'rsatib qo'yish uchun yana bir imkoniyat bo'lishi mumkin.


Amad Diallo (hujumchi, Kot-d'Ivuar, "Manchester Yunayted", 19 yosh)

"Manchester Yunayted"ga 20 million evrodan ko'proq summa evaziga transfer qilinishi istalgan futbolchi uchun bosim bo'ladi. Hujumchi hali 20 yoshga ham kirmagan bo'lsa, unda unga yanada qiyinroq bo'lishi tabiiy. Biroq Amad Dialloni bu vaziyat ortiqcha tashvishga solmaydigan ko'rinadi.



APLda debyut qilganidan keyin berilgan intervyularidan birida Diallo shunday dedi: "Aslini olganda men hech qachon futbol o'ynashdan qo'rqmayman. Mening kuchli tomonim ham asli shunda. "Lester"ga qarshi o'yindan bir kun avval men maydonga tushishimni aytishganida - ha, boshida biroz asabiylashgandek bo'ldim. Lekin bu futbol, siz hech qachon qo'rqmasligingiz kerak", - qo'shimcha qiladi u.

Ushbu so'zlaridan kelib chiqib, Amad Olimpiada maydonida ham hech kim va hech nimadan qo'rqmasligini taxmin qilishimiz mumkin. Uning tezligi va mahorati esa Kot-d'Ivuar uchun medallar uchun kurashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. "Manchester Yunayted" muxlislari hech bo'lmasa shu yigitcha uchun ham Olimpiadaning futbol bahslarini kuzatib borishsa kerak.


Frank Kesse (yarim himoyachi, "Milan", Kot-d'Ivuar, 24 yosh)

Ivuarliklar tarkibida Diallodan tashqari Frank Kesseni ham alohida ko'rsatsa bo'ladi. Ortda qolgan mavsum futbolchi uchun faoliyatidagi eng yaxshisi bo'ldi: "Milan" tarkibida 50 uchrashuv, 14 ta gol va 6 ta golli uzatma. Tayanch zona vakili uchun ajoyib ko'rsatkich. Aynan Frank jamoaning asosiy "motori" bo'lishi va orqaroqdan hujumlarni boshqarib turishiga shubha qilmasak ham bo'ladi chog'i. 


Dani Olmo (hujumchi, Ispaniya, "RB Leypcig", 23 yosh)



Ispaniya Evro-2021"da yarim finalda musobaqani tark etgan bo'lsada, ular chempionatning bo'lajak g'olibi Italiyaga chinakam bosh og'riq bo'ldi va o'zaro o'yinda hech jabhada qolishmadi. Jumladan, "qizil furiya" tarkibida Dani Olmo o'zining yorqin o'yinlari bilan muxlislar etiborini qozondi. U "aldamchi to'qqizlik" rolini yaxshi bajara oldi va Italiya himoyachilarini ancha ter to'kishiga sababchi bo'ldi. Texnik tomondan kuchli, kreativ va aqlli Olmo Ispaniya olimpiya termasining etakchilaridan bo'lishi aniq. Aynan Dani va Asensio jamoa gollari va xavfli vaziyatlari manbaasiga aylanishlari kutilmoqda.


Dani Alves (himoyachi, Braziliya, "San-Paulu", 38 yosh)



Alves 38 yoshda ekanligini inobatga olsak, u Olimpiya o'yinlarida ham o'z vaqtida "Barselona"da bo'lgani kabi qanotni "yondirishini" kutish biroz noo'rindek. Ammo nima bo'lganda ham gap professional faoliyati davomida 42 ta sovrin yutgan sportchi haqida ketayotganini unutmaslik lozim! Futbol tarixida bu borada undan zo'ri yo'q. SHu faktning o'zi Alvesning Olimpiadada zafar quchishini o'zgacha qiladi. Neytral muxlislarning ko'pchiligi shuning uchun ham Braziliyani qo'llab-quvvatlasa ajab emas. Nazarimizda Dani Alves - bu yosh Braziliya uchun ideal yo'l boshlovchi.


Pedri (yarim himoyachi, Ispaniya, "Barselona", 18 yosh)

Yosh Pedrining Evro-2021 ramziy termasiga kiritilishi borasida hech bir adekvat muxlis etiroz bildirmasa kerak. Bunday natijaga 18 yoshda erishish - tahsinga loyiq! Uning eng daxshatli muvaffaqiyati yarim finalda, Italiyaga qarshi uchrashuvning 90 daqiqasida to'p uzatmalarining aniqligi 100%ni tashkil etgani bo'ldi.

Pedri butun musobaqa davomida vaziyatlar yaratish (11) borasida va uzatmalar umumiy soni (421) bo'yicha 5-natijani hamda jamoasi hujum qilayotganda amalga oshirilgan aniq uzatmalar (177) bo'yicha eng yaxshi natijani qayd etdi.

"Barselona" safida o'tgan omadli debyut mavsum va Evro-2021 yarim finalidan so'ng, Tokio-2020 oltini iqtidorli bolakayga bo'lgan etibor va etirofni yanada ortishiga sabab bo'lardi.


Unai Simon (darvozabon "Atletik", Ispaniya, 24 yosh)



Bundan ikki yil oldin Simonni ispan futbolining ashaddiy muxlislarigina tanirdi. Bu mavsumda esa "Atletik" kiperi Ispaniya terma jamoasi "birinchi raqamiga" aylandi. Ortda qolgan Evropa chempionatida esa oltita o'yin o'tkazdi (ulardan ikkitasi "quruq"). Unai ko'pchilik tanqidchilarga munosib javob bera oldi. Agarda ispanlar Tokioda ham muvaffaqiyatli ishtirok eta olsa, darvozabonni "Atletik"dan shu yozdayoq olib ketishsa kerak.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing