So’nggi yangiliklar

07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0 14:19Тайсон - Пол жангида рекорд ўрнатилди - Netflix 0

05 avg 18:13
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020. Safina finalga chiqdi, Bekzodda bronzaga imkoniyat bor, SHapiev esa 5-o'rin

Teglar :  Tokio-2020
Bugun, 5 avgust kuni Tokio Olimpiadasida 13-kun bahslari o'tkazildi.

Kun davomida Olimpiadada ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklariga oid malumotlarni ushbu sahifada onlayn ravishda kuzatib borish mumkin bo'ldi.


O'zbekistonlik sportchilar bugun quyidagi natijalarni qayd etishdi:

Engil atletika: Svetlana Radzivil (finalga chiqa olmadi)

Engil atletika: Safina Sadullaeva (finalga chiqdi)

Engil atletika: Ekaterina Voronina (24 sportchi ichida 12-o'rin)

Erkin kurash: G'ulomjon Abdullaev (bronza uchun o'tish bahsida mag'lubiyat)

Erkin kurash: Javrail SHapiev (bronza uchun bahsda mag'lubiyat, 5-o'rin)

Erkin kurash: Bekzod Abdurahmonov (chorak finalda mag'lubiyat, ertaga bronzaga imkoniyat bor)

Zamonaviy beshkurash: Alise Faxrutdinova (ertaga davom ettiradi)

Zamonaviy beshkurash: Aleksandr Savkin (ertaga davom ettiradi)



SHu tariqa, sportchilarimizning bugungi ishtirokidan olib borilgan matnli translyaciya o'z yakuniga etdi. 


17:50. Sportchimiz Ekaterina Voronina musobaqalarda o'n ikkinchi o'rinni egalladi. Afsuski, bu sportchimiz ham medalga ega chiqmadi. 


16:24. Bu orada koronavirus sabab O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi tarkibida o'zgarish yuzaga keldi: Badiiy gimnastikachimiz Sabina Tashkenbaeva Olimpiadada ishtirok eta olmaydigan bo'ldi


16:22. Endi Toshkent vaqti bilan soat 17:20da Ekaterina Voronina ettikurashning so'nggi bosqichi - 800 metrga yugurish bahslarida chiqish qiladi. 


16:20. Afsuski, bugun ham medaldan quruq qoldik...


16:18. Javrail SHapiev afsuski rossiyalik Artur Naifonovga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va bronza medalidan quruq qoldi - 5-o'rin...


16:10. Javrail SHapievning rossiyalik raqibga qarshi bahsi boshlanmoqda.


15:22. Zamonaviy beshkurash. Aleksandr Savkin qilichbozlik bahslarida 35 ta jang o'tkazdi. Ularning 7 tasida g'alaba, 28 tasida mag'lubiyat qayd etildi. Sportchimiz 36 nafar sportchi ichida "faxrli" 36-o'rinni egallab turibdi.


14:36. Erkin kurash. Rossiyalik Zaurbek Sidakov qozog'istonlik Daniyar Kaisanovni mag'lubiyatga uchratdi. Sidakov finalga chiqqani sabab, Bekzod Abdurahmonovda bronza medali uchun kurashish imkoniyati paydo bo'ldi.


14:08. Endi yana bir beshkurashchimiz, erkaklar o'rtasida Aleksandr Savkin o'z ishtirokini boshladi.


13:33. Sport kurashlari. Soat 14:15 dan so'ng bugungi yarim final bellashuvlari boshlanadi. Unda Bekzod Abdurahmonov bronza uchun kurashni davom ettirish-ettirmasligi malum bo'ladi. Soat taxminan 15:50 dan so'ng esa Javrail SHapiev bronza uchun kurashadi. 


12:18. Beshkurashchimiz qilichbozlik bahslarini 16 ta g'alaba va 19 ta mag'lubiyat bilan yakunladi. Birinchi bosqichdan keyin Alise 22-o'rinni egallab turibdi.


10:26. Voronina nayza uloqtirish bahslarini o'z guruhidagi 11 sportchi ichida 5-o'rin bilan yakunladi. U umumiy hisobda 24 sportchi ichida 12-o'rinni egallab turibdi.


10:21. Beshkurashchimiz Alise Faxrutdinova 5 ta g'alaba, 10 ta mag'lubiyat qayd etdi va 22-o'rinni egallab turibdi. 


9:34. Malumot uchun, ayollar o'rtasidagi zamonaviy beshkurash bahslarida 36 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Faxrutdinova qilichbozlik bahslarida o'z chiqishini boshladi. 


9:29. Javrail SHapievning bronza medali uchun bahsi Toshkent vaqti bilan taxminan 15:50dan so'ng boshlanadi. U rossiyalik Artur Nifonovga qarshi bahs yuritadi


9:17. Zamonaviy beshkurash bahslari boshlanmoqda. Bugun ikki nafar sportchi - Alise Faxrutdinova va Aleksandr Savkin ushbu bahslarda O'zbekiston sharafini himoya qiladi.


9:13. Abdurahmonov rossiyalik Zaurbek Sidakovga qarshi bahs olib bordi va afsuski 6:13 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi agar rossiyalik sportchi finalga chiqsa, Bekzodda bronza uchun imkoniyat bo'ladi.


9:04. Abdurahmonovning rossiyalik raqibga qarshi bahsi boshlanmoqda.


8:45. Malumot uchun, Bekzodning navbatdagi raqibi hisoblangan Zaurbek Sidakov ayni paytda 25 yoshda: u ikki karra jahon chempioni, Evropa o'yinlari g'olibidir.


8:28. Endi Abdurahmonov birozdan so'ng chorak finalda rossiyalik Zaur Sidakovga qarshi bellashadi. Bahs taxminan 9:00dan so'ng boshlanadi. 


8:19. Abdurahmonov 10:0 hisobidagi ishonchli g'alabaga erishdi va chorak finalga yo'l oldi. 


8:11. Bekzod ishtirokidagi bellashuv boshlandi. Medal kutayotgan yana bir sportchilarimizdan biri!


8:00. Birozdan so'ng Bekzod Abdurahmonov Olimpiadadagi yurishini boshlaydi. Unga 1/8 finalda Puerto-Riko vakili Franklin Gomes raqiblik qiladi. 


7:16. Afsuski, -57 kg vaznli erkin kurashchimiz G'ulomjon Abdullaev amerikalik raqibiga 1:11 hisobida yutqazib qo'ydi va Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.


7:11. -86 kg vaznli erkin kurashchimiz Javrail SHapiev shveycariyalik Stefan Richmutga qarshi bahs yuritdi va 5:2 hisobida g'alaba qozondi! Endi u kunduzi bronza medali uchun rossiyalik Artur Nifonovga qarshi bahs yuritadi.


7:03. Safina Sadullaeva 1.95 metr balandlikka sakray oldi. Endi u 7 avgust kuni medal uchun o'tkaziladigan final bellashuvlarida qatnashadi!


6:49. Birozdan so'ng erkin kurashchilarimiz bronza medali uchun o'tish bahsida ishtirok etishadi. 


6:45. Svetlana Radzivil uchta urinishdan keyin ham 1.93 metr balandlikni zabt eta olmadi va Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi. 


6:33. Safina Sadullaeva ilk urinishdayoq 1.93 metr balandlikka sakray oldi. 


6:15. Radzivil ham nihoyat uchinchi urinishda 1.90 metr natijani ko'rsata oldi.


6:12. Hozircha Radzivil 1.86 m, Sadullaeva esa 1.90 m balandlikni zabt etdi.


6:07. Balandlikka sakrash bahslarida Svetlana Radzivil va Safina Sadullaeva saralash bahslarida ishtirok etishmoqda.


5:48. Ettikurash bahslarida Ekaterina Voronina uzunlikka sakrash yo'nalishida ishtirok etdi. U 6.11 metr uzoqlikka sakradi va o'z guruhidagi 11 nafar sportchi ichida uchinchi natijani qayd etdi. Beshinchi chiqishdan so'ng Voronina umumiy hisobda 24 sportchi ichida 19-o'rinni egallab turibdi.


5:29. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga bag'ishlangan matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 


5 avgust kuni Olimpiadada qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar:

5:10 - Engil atletika: Svetlana Radzivil (balandlikka sakrash)

5:10 - Engil atletika: Safina Sadullaeva (balandlikka sakrash)

5:40 - Engil atletika: Ekaterina Voronina (ko'pkurash)

7:00 - Erkin kurash: G'ulomjon Abdullaev

7:00 - Erkin kurash: Javrail SHapiev

7:50 - Erkin kurash: Bekzod Abdurahmonov

9:00 - Zamonaviy beshkurash: Alise Faxrutdinova

9:00 - Zamonaviy beshkurash: Aleksandr Savkin

Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Reyting: +1   

Fikrlar

+5   
05 avg 07:26:04
Elshodxan Asliddinovich
Manimcha G'ulom jarohat bilan harakat qildi
+5   
05 avg 06:52:38
Is Moi LoVe
Nadya bilan Svetlananing oʻrniga munosib oʻrinbosar qolyaptikan
+4   
05 avg 11:21:15
F.B
Artur7001 foydalanuvchining fikriga javob berish
3та олтин битта бронза токио-2020 да. Ўзбек спорти анча орқага кетганини билдиради.
Спортга эътибор жуда камайиб кетди хамма эътибор фақат ситилар қурилишига бўлиб қолди.
+3   
05 avg 16:20:30
Murod Qiyomov
Bu shappiyev kasal qòymi nima balo yoki medal kerak emasmi bunga essiz hayf sanlarga bu Òzbekiston.
+2   
05 avg 16:22:27
Javohirjon
Ota bobolarimiz kurashchi bölgan nma endi biz shunaqa yuraveramizmi oxirida 1 minut qoldi harakat qil 15 soniya qolganda chiranmasdan köryapsan raqib unchalik kuchli emas nma butun 36 million aholi orasidan narmalni dzyurochi kurashchi futbolchi chiqmaydimi
+2   
05 avg 11:19:52
Inomjon Boltayev
Kim aniqlashtirib beradi Ekatrina fetisova qatnashami Yoki Sabina Tashkenbayeva qatnashami gimnastikada
+2   
05 avg 09:49:01
Artur7001
3та олтин битта бронза токио-2020 да. Ўзбек спорти анча орқага кетганини билдиради.
+2   
05 avg 09:36:29
Azartniy Igrok
Наифонов ни ютса булади. Агар Яздани буганида, смысл булмас эди томошо килишни. ОМАД!
+2   
05 avg 09:29:47
Kosimov_090
Bu vesda 74kg kinolarda oltin olasi
+2   
05 avg 09:21:17
Analitik
Hasanboy Moydinjonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Мухими харакат килди маладец Бекзод, харакатлари зу́р бронза оласан ИншаАллох
Charchab qoldiku.Ruhan jismonan manan modiy tayormas.:(
+2   
05 avg 09:16:29
Hasanboy Moydinjonov
Мухими харакат килди маладец Бекзод, харакатлари зу́р бронза оласан ИншаАллох
+2   
05 avg 09:13:54
Analitik
Hamma kurashchilarimiz xatoboshlar.dixanie yoq.ulik.Yana medal kutar emishmiz bulardan
+2   
05 avg 09:03:05
F.B
Elshodxan Asliddinovich foydalanuvchining fikriga javob berish
Manimcha G'ulom jarohat bilan harakat qildi
Ғулом кеча жуда зўр жанг қилди фақат охирида хато қилгани қимматга тушди бўмаса камида кумуш нақд эди бизда . Кнги олимпиадад насиб медал об қолар.
+2   
05 avg 08:20:30
Artur7001
Курашчилар иикаласи ҳам россияликлардан ўта оладими
+1   
05 avg 11:37:00
нодир
хамма спортчиларимизга омад
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing