27 avg 16:11
Yangiliklar
Tokio-2020, Suv sporti turlari
Tokio-2020: SHohsanamxon Toshpo'latova medalga juda yaqin keldi, ammo...
Bundan biroz avval para suzuvchimiz SHohsanamxon Toshpo'latova ayollar o'rtasida 400 metrga erkin usulda suzish bo'yicha S13 klassida finalda ishtirok etdi.
Toshpo'latova 400 metr masofani 4:36.65 daqiqada bosib o'tdi. Afsuski, bu natija medallar uchun kamlik qildi. Hamyurtimiz 4-o'rinni egalladi.
Malumot uchun, SHohsanamxon Toshpo'latova Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida yana 50 metr erkin, 200 metr kompleks va 100 metr brass usulida suzish bo'yicha bahslarda ishtirok etadi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar