06 jan 07:29
Yangiliklar
“Tokio-2020” Tashkiliy qo'mitasi davlat rasmiylarining Olimpiadaga kelishiga umid qilmoqda
Yosiro Mori tashkilotchilar hozirning o'zida Donald Trampni taklif qilganliklarini bildirdi.
“Men Evropada va AQSHda yangi koronavirus tufayli paydo bo'lgan vaziyatni tartibga solinishini va iloji boricha ko'proq odamlar Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini kelishlarini istardim, – dedi Yosiro Mori “Yomiuri” gazetasida elon qilingan intervyusida. – Ehtimol, Tokioga AQSHning yangi saylangan prezidenti Jozef Bayden kelar. Biz hozirning o'zida AQSH prezidenti Donald Trampni taklif qildik. Ularni Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe kutib olishi mumkin edi”.
“Turli mamlakatlar bir-biri bilan nifoqlikda va qarama-qarshilikda bo'lsa ham, keling bularning o'rniga butun jahon bilan birdamlashaylik. Biz birgalikda koronavirusni qanday engishni do'stona muhokama qilgan bo'lardik”.
Fikrlar