22 fev 15:41
Yangiliklar
Tokio-2020 Tashkiliy qo'mitasi rahbarligiga yagona nomzod
Xasimoto ushbu lavozimdan yaqinda istefoga chiqqan 83 yoshli Yosiro Mori o'rnini egallashi kutilmoqda.
Seyko Xasimoto birinchi bor 1984 yilda Saraevoda bo'lib o'tgan Olimpiadada konkida yugurish bo'yicha musobaqalarda ishtirok etgan. U etti karra Olimpiya o'yinlarining ishtirokchisi hisoblanadi.
Hozirgi paytda Seyko Xasimoto Olimpiada ishlari bo'yicha vazir hisoblanadi. U avvalroq Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasida rahbarlik lavozimlarida bo'lgan. 2008 yilda esa Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari lavozimini egallagan. Olimpiada ishlari bo'yicha vazir vazifasiga 2019 yilda tayinlangan.
“Tokio-2020” Tashkiliy qo'mitasi yangi raisini saylash uchun rahbarlik kengashini shu haftaning o'zida o'tkazishni rejalamoqda.
Fikrlar