So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

29 mar 17:17
Yangiliklar

Sport kurashlari

Tokio Olimpiadasi licenziyalari uchun kurashadigan ayollar terma jamoasi tarkibi malum

9-11 aprel kunlari Qozog'istonning Olma-ota shahrida Tokio Olimpiadasiga Osiyo qitasi sport kurashchilari uchun licenzion turnir bo'lib o'tadi.

Uch kun davomida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi vakillari Olimpiada yo'llanmalari uchun gilamga chiqishadi. 

Biroz avval erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoalarining Qozog'istonga boradigan tarkibni elon qilgandik. Ayollar kurashi terma jamoasi bosh murabbiyi Anatoliy Ibragimov ham Tokio Olimpiadasi yo'llanmalari uchun kurashadigan tarkibni oshkor etdi. 

Malumot uchun, olimpiya o'yinlariga so'nggi licenzion turnir 6-9 may kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o'tkaziladi. Jahon licenzion turnirida barcha qita kurashchilari so'nggi imkoniyatdan foydalanishadi. 

Hozirda erkin va ayollar kurashi terma jamoalarimizda licenziya yo'q. Ular 6 tadan vazn toifasida jami 12 ta yo'llanma uchun gilamga chiqishadi. Ikki yil avval Nur-Sultanda o'tgan jahon chempionatida klassiklarimizdan Elmurat Tasmuradov, Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritishgan edi.  

Ayollar kurashi terma jamoasi tarkibi: 

50 kg: Dauletbike Yaxshimuratova

53 kg: Aktenge Keunimjaeva

57 kg: SHohida Ahmedova

62 kg: Nabira Esenbaeva 

68 kg: Svetlana Oknazarova

76 kg: SHahribonu Ellieva   

Bosh murabbiyi - Anatoliy Ibragimov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing