26 fev 12:29
Yangiliklar
Tokio-2020
Tokio Olimpiadasi qoldirilishi masalasi ko'rib chiqilishi mumkin
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi agar koronavirus bilan bog'liq vaziyat yaxshilanmasa may oyida Tokio Olimpiadasini qoldirish masalasini ko'rib chiqishi mumkin.
Bu haqida XOQ vakili Richard Paund malumot berdi.
"Barchasi ikki oy ichida malum bo'ladi, aniqrog'i mayda. CHunki, o'yinlarga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi o'sha payt boshlanadi: qo'riqchilar yollanadi, ovqatlar olib boriladi, Olimpiya qishlog'i, mehmonxonalar jihozlanadi, jurnalistlar kelishni boshlashadi. Agar o'sha payt ushbu jarayonlarga nimadir halal beradigan bo'lsa Olimpiadani bekor qilish haqida o'ylab ko'rsak bo'ladi.
Lekin, hozircha barchasi reja bo'yicha ketmoqda. Muammolar bo'lmaydi deyishmoqda. SHuning uchun, sportchilar Olimpiadaga tayyorlanaverishsin. Ammo, shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, XOQ og'ir sharoitlarda ularni musobaqaga yubormaydi", - dedi Paund.
Havola :
Manba : AP
Fikrlar