So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

18 avg 07:06
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA

Tokio Olimpiadasida qatnashgan 7 nafar Milliy gvardiya sportchilari taqdirlanishdi

Milliy gvardiya qo'mondoni, general-mayor R.Jo'raev Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Milliy gvardiya sportchilari bilan uchrashdi.

Tadbirda Toshkent shahar hokimligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston qo'l jangi federaciyasi hamda Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo'linmalari mutasaddilari, Tokio olimpiadasida ishtirok etgan 7 nafar sportchi-harbiy xizmatchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari ishtirok etdi.

Milliy gvardiya qo'mondoni kirish so'zida davlatimiz rahbarining olimpiada o'yinlari ishtirokchilarini taqdirlash marosimida "Albatta, jahonning eng yirik sport musobaqasi bo'lmish Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishning o'zi katta sharaf va masuliyat. Buni barchamiz yaxshi tushunamiz. Buning uchun qancha og'ir dovonlardan, mashaqqatli sinovlardan o'tish talab etiladi”, degan so'zlarini yodga oldi.

SHuningdek, Milliy gvardiya tizimidan mazkur musobaqalarda ishtirok etgan etti nafar mustaqillik yillarida tug'ilib voyaga etgan bokschi hamda yunon-rum kurashchilari, o'z iqtidori, salohiyati bilan millionlab qalblarni zabt etgani hamda boks bo'yicha eng og'ir vaznda ishtirok etgan harbiy xizmatchi Baxodir Jalolov dunyoning nomdor sportchilari bilan bellashib, olimpiadaning oltin medalini qo'lga kiritgan holda O'zbekiston bayrog'ini baland ko'tarilishiga va madhiyamiz yangrashiga munosib hissa qo'shgani alohida takidlab o'tildi.

SHundan so'ng Milliy gvardiya qo'mondonining Olimpiada ishtirokchilari va ularning murabbiylarini rag'batlantirish to'g'risidagi buyrug'i o'qib eshittirildi. Unga ko'ra Olimpiadada ishtirok etgan etti nafar harbiy xizmatchilarga O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi shanini munosib himoya qilib harbiy xizmatchi va xodimlar orasida shaxsiy namuna ko'rsatganliklari hamda Olimpiya sport turlarini ommalashishiga qo'shgan hissalari uchun Alvon beret kiyish huquqi berildi.

SHuningdek, leytenant Bahodir Jalolov O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bibrinchi darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko'krak nishoni va qimmatbaho sovg'a bilan;

Leytenant Raximova Tursunoy, leytenant Qodirova Rayhona va leytenant Baturov Bobo-Usmonlar O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ikkinchi darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko'krak nishoni va qimmatbaxo sovg'alar bilan;

Katta leytenant Elmurat Tasmuratov, Oddiy askarlar Jalg'as Berdimurodov va Elnur Abduraimovlar O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko'krak nishoni va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

SHu bilan birga ushbu sportchilarning Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishi uchun o'zlarining munosib hissasini qo'shgan, boks bo'yicha O'zbekiston Milliy terma jamoasi katta murabbiyi To'lqin Qilichev va boks bo'yicha murabbiy, Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o'quv markazi katta o'qituvchisi mayor Elshod Rasulov, Sport kurashlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktabi murabbiysi Ravshan Ro'ziqulov O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida so'z olganlar tomonidan halqimiz uchun yuksak g'urur baxsh etib, Yangi O'zbekistonimizga yangi g'alabalarni tuhfa etgan sportchilarimizga samimiy tilaklar va Parij–2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida o'zlarining zafarli yurishlarini davom ettirib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishlariga ishonch bildirdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing