So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

13 apr 15:14
Yangiliklar

Sport kurashlari

Tokio Olimpiadasiga 5 ta lizenciya qo'lga kiritgan sport kurashchilarimiz Olmaotadan qaytishdi FOTOREPORTAJ

Xabaringiz bor, Qozog'istonning Olmaota shahrida sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanma taqdim etgan Osiyo licenzion turniri o'tkazildi.

Musobaqa yakunida yunon-rum kurashchimiz Mo'minjon Abdullaev (130 kg) oltin medal bilan birga olimpiya o'yinlari yo'llanmasini ham qo'lga kiritdi. Bu Abdullaev uchun uchinchi Olimpiada bo'ladi. Erkin kurashchilarimizdan esa G'ulomjon Abdullaev (57 kg), Javrail SHapiev (86 kg), Bekzod Abdurahmonov (74 kg) va Magomed Ibragimov (97 kg) Olimpiada chiptasini rasmiylashtirishdi. G'ulomjon va Javrail oltin, Bekzod va Magomed licenzion turnirning bronza medaliga ega bo'lishdi.

Bugun O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi bosh kotibi SHuhrat Mamadaliev boshchiligidagi terma jamoamiz delegaciyasi Olmaota shahridan yurtimizga qaytib keldi. Muzaffar kurashchilarimizni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, rais o'rinbosarlari Ravshan Irmatov, SHerzod Tashmatov, keng sport jamoatchiligi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.    

Malumot uchun, Tokio Olimpiadasiga so'nggi licenzion turnir 6-9 may kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o'tkaziladi. Jahon licenzion turnirida barcha qita kurashchilari, shu jumladan O'zbekiston terma jamoasi azolari ham so'nggi imkoniyatdan foydalanadi. Hozirda erkin kurashda 2 ta, yunon-rum kurashida ham 2 ta, ayollar kurashida esa to'liq 6 ta yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyati bor. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing