So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

25 dek 07:54
Yangiliklar

Tadbirlar

Tokioda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini o'tkazish bo'yicha vazir bilan uchrashuv o'tkazildi

Kecha Tokioda O'zbekiston MOQning Yaponiyadagi vakili va maslahatchisi Mansur Bahriddinovning Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini o'tkazish bo'yicha vazir, yapon Parlamenti deputati Yoshitaka Sakurada bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Yaponiyaning Liberal demokratik partiyasi Bosh kotibi Xirotaka Ishixara, sport associaciyalari va Keyo Universiteti vakillari ishtirok etishdi.

Do'stona ruxda kechgan uchrashuvda tomonlar O'zbekistonda Prezident SH.M.Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar, jismoniy tarbiya va sport sohasida qilinayotgan ishlar, o'zbekistonlik sportchilarning Tokio 2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik jarayoni va boshqa masalalarni muhokama qildilar.

SHuningdek, O'zbekiston MOQ prezidenti U. Ahmadjonovning 2018 yil iyun oyidagi tashrifi yakunlari, Keyo Universitetining taniqli sport professori Xiroyuki Ishidaning hamkasbi bilan birga (noyabr oyidagi) Toshkentga tashrifi yakunlari muhokama qilindi.

Y.Sakurada vazir lavozimiga tayinlangunga qadar bir marotaba O'zbekistonga tashrif buyurganini, mamlakatimizga bo'lgan iliq munosabati haqida gapirdi. Vazir Tokio Olimpiadasida O'zbekistonning salohiyati katta ekanligi haqida takidladi. SHuningdek, yapon sporti hisoblangan dzyudo va karate bo'yicha ham suhbatlashildi.

O'z navbatida, Y.Sakurada mamlakatimizga taklif qilindi va Respublikamizda bo'layotgan o'zgarishlar bilan shaxsan tanishishdan mamnun ekanligini izhor etdi. Uchrashuvda vazir O'zbekiston MOQ bilan hamkorlikka tayyor ekanligini malum qildi va yaqinlashib kelayotgan 2019 yil bilan tabrikladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing