10 dek 15:09
Yangiliklar
To'lqin Qilichev: "Hakamlar bazida bizga qarshi ishlashdi"
"Menimcha yomon ishtirok etmadik. Bu men terma jamoani bosh murabbiyi sifatida olib kelgan ilk musobaqa bo'ldi. Biz turnirga odatdagi tartibda tayyorgarlik ko'rdik. To'g'ri, biroz o'zgartirishlar kiritdik. 2014 yildan beri bu terma jamoada ishlaganim uchun bosh murabbiy bo'lib ishlash qiyinchilik tug'dirmadi. Umumiy olganda, terma jamoa yaxshi ishtirok etdi.
Natijani ko'rdingizmi? Agar biz birinchi ekanmiz, demak hammasi yaxshi. Asosiy raqibimiz — Qozog'iston! So'nggi uch-to'rtta Osiyo chempionatida biz ulardan tepada bo'lyapmiz. Turnirda beshta oltin medalga ega bo'ldik. Ko'proq ham bo'lishi mumkin edi. Bazida hakamlar biz tomonda, bazida bizga qarshi ishlashdi. Umuman olganda natijadan qoniqdim", - deya fikr bildirgan terma jamoamiz bosh murabbiyi.
Fikrlar