02 fev 13:55
Yangiliklar
Boks/MMA

To'lqin Qilichev qozoq nashriga: Jamoangiz bilan hali ham teng raqobatdamiz
To'lqin Qilichev U-22 Osiyo chempionatida terma jamoamizning ishtiroki haqida gapirdi.
- O'zbekiston terma jamoasi 13 ta oltin medaldan 9 tasini qo'lga kiritgan bo'lsa, qozog'istonliklar 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. SHu yoshda bokschilaringiz rostdan ham biznikidan shunchalik kuchli?
- Jamoangiz bilan farqni bilmayman. Bizda 9 ta oltin medal bor, sizda 3 ta, bu hech narsani anglatmaydi. Rostini aytsam, maqtanmayman. Jamoangiz bilan hali ham teng raqobatdamiz.
Oxirgi yillarda bizda hammasi o'z yo'liga tushdi, bu ish tizimi, murabbiylarning ahilligi tufaylidir. Sizda ham yaxshi jamoa bor. Yaqinda yangi tajribali bosh murabbiy Mirzagali Aytjonov tayinlandi. U men uchun dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Xohlaymizmi yo'qmi u baribir o'zini ko'rsatadi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar