26 sen 12:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Tom Aspinall Della Maddalena - Maxachev jangiga bashorat berdi
UFC’ning og'ir vazndagi amaldagi chempioni Tom Aspinall avstraliyalik Jek Della Maddalana va rossiyalik Islam Maxachev jangiga o'z munosabatini bildirdi.
Yarim o'rta vazn (77 kg gacha) toifasida UFC chempionlik kamari uchun kechadigan jang 16 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi.Britaniyalik 32 yoshli Aspinall kim yutadi - Jekmi yoki Islam? degan savolga javob berdi.
— Men Jekni tanlayman. Lekin bu oson bo'lmaydi, - deya Aspinallning so'zlarini keltiradi TNT Sports portali.
Malumot uchun, Islam Maxachev so'nggi jangini 18 yanvar kuni o'tkazgandi. O'shanda Los-Anjeles (Kaliforniya shtati, AQSH) shahrida bo'lib o'tgan UFC 311 turnirining markaziy jangida Islam braziliyalik Renato Moykanoni birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan edi. Maxachev uchun bu engil vazn toifasida ketma-ket 14-g'alaba bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar