07 okt 18:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Tom Aspinall Pereyraning og'ir vaznga o'tish istagiga munosabat bildirdi
UFC og'ir vazn chempioni, angliyalik Tom Aspinall Aleks Pereyraning og'ir vaznga o'tish haqidagi istagiga munosabat bildirdi.
"Aleks og'ir vaznga o'tishni xohlayotgani haqida eshitdim. Endi UFC nima qilishni xohlashini ko'ramiz", — dedi Aspinall.
Eslatib o'tamiz, Aleks Pereyra bir necha kun oldin Magomed Ankalaevni nokautga uchratib, yarim og'ir vazn toifasidagi kamarini qaytarib olgandi.
Havola :
Manba : MMA Insight
Fikrlar