13 sen 16:52
Yangiliklar
Tom Aspinall UFC chempionlik kamaridan voz kechishi mumkin
Bu haqda tashkilot rahbari Dana Uayt Las-Vegasdagi matbuot anjumanida malum qildi.
"Biz buni muhokama qilyapmiz. Valentina SHevchenko divizionni noaniq holatda ushlab turishni istamadi va chempionlik unvonidan voz kechdi. O'ylaymanki, Tom ham xuddi shunday fikrda. Uning sog'lig'i hozir qanday holatda ekanligini shaxsan o'zim bilmayman. Tez orada bu vaziyatga oydinlik kiritamiz deb o'ylayman", – dedi liga rahbari.
Joriy yil oxirigacha Tom Aspinall divizionning vaqtinchalik chempioni Siril Gan bilan birlashtiruvchi jang o'tkazishi rejalashtirilgan edi. Biroq britaniyalik sportchining agenti Eddi Xirn o'z mijozining francuzga qarshi birinchi jangda olgan ko'z jarohati hali to'liq tuzalmagani va u oktagonga qaytishga tayyor emasligini malum qildi.
SHundan so'ng, iyun oyida vaqtinchalik chempionlik uchun jang qilgan Siril Gan va Aleks Pereyra zudlik bilan revansh o'tkazishga qiziqish bildirishdi, Dana Uayt esa bu imkoniyatni istisno qilmadi.

Fikrlar