27 avg 11:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Tom Aspinall UFCdan ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
UFC og'ir vazn toifasi chempioni Tom Aspinall tashkilotni tark etish niyati yo'qligini malum qildi.
Britaniyalik jangchi bu bayonotni murabbiyi Stipe Drvish ijtimoiy tarmoqdagi jonli efirda chempion go'yo UFCda ishtirok etishni davom ettirishni istamayotgani haqida aytganidan so'ng berdi.
"Men UFCdan ketmayapman. Bu haqda hech qachon biror intervyumda gapirmaganman. Bugun boshqalar tomonidan menga nisbatan aytilgan har qanday gap haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
Hozir ko'zimdagi jarohatdan tiklanyapman va mening yagona ustuvor vazifam — oktagonga qaytish haqida o'ylashdan oldin to'liq sog'ayib olishdir", — deb yozdi Aspinall ijtimoiy tarmoqda.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar