01 iyu 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Tom Aspinallni UFC'dan haydash taklif qilindi
UFC jangchisi Josh Xokitning aytishicha, promoushen chempion Tom Aspinall bilan xayrlashishi kerak.
"UFC, bir g'oya bor. Tomni haydab yuboring. Mening fikrimcha, chempion - Siril Gan. U Tomni taslim bo'lishga majbur qildi. Tomning menejeri qandaydir o'yinlar o'ynashga harakat qilmoqda. Sentyabr oyi uchun menga Sirilni bering. Men uni mag'lub etsam, keyin noyabr yoki dekabr oyida Aleks Pereyraga o'ziga bo'lgan ishonchni tiklab olish uchun imkon beraman.
Xech bo'lmaganda, bizda doimo jang qilishga tayyor turadigan chempion bo'ladi", - dedi Xokit.
/news/big/u/o/dzhosh-hokit-prizval-ufc-uvolit-toma-aspinalla_17828882491066597097.jpg)
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar