25 mar 17:52
Yangiliklar
Tokio-2020
Tomas Baxning atletlarga murojaati
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarining bir yilga kechiktirilishi borasida butun dunyo sportchilariga o'z murojaatini yo'lladi.
“Qadrli atletlar! Avvalo, xushxabarni etkazmoqchiman. Tokioda o'tadigan Olimpiya bayramini birgalikda nishonlaydigan bo'ldik. Hatto u 2021 yil o'tsa ham. Ishonchingiz komil bo'lsinki, Sizlarning Olimpiya orzuingiz, albatta, amalga oshadi”, – dedi Tomas Bax o'z murojaatida.
Eslatib o'tamiz, kecha Tomas Bax Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan o'tkazgan muloqotida Tokioda o'tadigan Olimpiya o'yinlarini 2021 yilga ko'chirish borasida kelishib olgan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar