02 apr 08:39
Yangiliklar
Tomas Tuxel bosh murabbiy sifatidagi debyut uchrashuvida “Borussiya D” ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi
“Bugun biz tomondan birinchi yaxshi qadam tashlandi. O'yin juda shiddatli o'tdi, biz ko'proq ustunlik va nazoratni xohladik. Bahsni juda asabiy boshladik. Uchrashuv davomida ko'p xatolarga yo'l qo'ydik, to'pni yo'qotishlar juda ko'p bo'ldi. Rivojlanishimiz uchun barcha imkoniyatlarga egamiz.Bugungi uchrashuv qanchalik muhim ekanligini har bir futbolchi his qilib turgandi.
Murabbiy alishganidan so'ng doim hayajon bo'ladi va futbolchilarda malum miqdorda hayajon bor edi. Biroq har biri o'yinga yuz foiz tayyor holatda maydonga tushdi va birin ketin vaziyatlar paydo bo'ldi. Endi biz jadvalning eng yuqori o'rniga ko'tarilib oldik va bu bizga biroz xotirjamlik va ishonchni taqdim etadi”, — dedi Tuxel.
Fikrlar