So’nggi yangiliklar

23:21Баҳодир Жалоловнинг Манчестердаги жанги етти раунд давом этди 0 22:17Жавоҳир Умматалиев профессионал боксдаги иккинчи жангини ўтказди 0 19:02Мария Тимофеева Истанбулдаги WTA 125 турнири финалига чиқди 0 18:29Хаби Алонсо янги клуби билан музокаралар ўтказди 0 18:00Тошкентда ўтган илк ACA турнири учун қанча чипта сотилгани маълум бўлди 0 17:33Ёш оғир атлетикачиларимиз жаҳон чемпионатида 4 та медалга сазовор бўлишди 0 16:58Ўзбекистон дзюдо федерацияси ТерДУ билан ҳамкорликни йўлга қўяди 0 16:37Ўтмишга назар. Тошкентда "Пахтакор" ва Ўзбекистон МТЖ билан ўйнаган Нидерландия клуби 0 16:16Баҳодир Жалолов: "Насиб қилса, у билан ҳали бир кун рингда тўқнаш келамиз" 0 15:55Чимаев Стриклендга қарши! UFC 328 турнирига етиб келдик (Барча тафсилотлар) 0 15:34Дзюдочиларимиз Остона “Катта Дубулға” турнирини олтин ва бронза медаллари билан бошлашди 0 15:13Роналдунинг ўғли "Боруссия" ёки "Спортинг"га ўтиши мумкин 0 14:52"Менга катта номлар ва катта пуллар керак". Чимаев Перейра билан жангни хоҳлаяпти 0 14:27Велотрек бўйича Тошкент Гран-при турнири якунланди 0 14:03Трамп — Оқ уйдаги UFC турнири ҳақида: "Бутун мамлакатимиз таклиф қилинади. Кириш бепул" 0

15 okt 10:33
Yangiliklar

Boks/MMA

Tong saharda o'tkazilgan UFC Fight Night 230 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

Bugun tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi Apex arenada navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

UFC Fight Night 230 turnirining markaziy jangida liga faxriysi, yarim engil vazn toifasi reytingida o'n uchinchi o'rinni egallab turgan Edson Barboza reytingda o'zidan ikki pog'ona yuqorida borayotgan Sodiq Yusuffga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq besh raund davom etdi va unda tajribali Barboza ochkolar (49-46, 48-46, 48-46) hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Bu Edsonning ketma-ket qozongan ikkinchi g'alabasi bo'ldi. 

Oqshomning co main event jangi ayollar o'rtasida o'tkazilib, unda braziliyalik Vivian Araudjo ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng nihoyat zafar quchdi. Vivian vatandoshi Jennifer Mayyaga qarshi kechgan jangda ochkolar evaziga g'alabaga erishdi. 

Turnirning qolgan natijalariga to'xtaladigan bo'lsak, braziliyalik o'rta vazn toifasi vakili Mishel Pereyra dunyoning kuchli ligasi debyut jangidayoq amerikalik Andre Petroskini birinchi raundning 66-soniyasidayoq texnik nokautga uchratdi. Petroski bungacha beshta g'alabali seriya bilan kelayotgandi. 

Rossiyalik "Ronda" Irina Alekseeva uch raund to'liq davom etgan jangda 27-30, 28-29, 28-29 hisoblarida angliyalik Melisse Diksonga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Jonatan Martinez, Darren Elkins va Terrens MakKinni bu oqshom raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratishdi.

Turnirda qayd etilgan natijalar bilan tanishing: 

Edson Barboza Sodik Yusuffni ochkolar evaziga mag'lub etdi (49-46, 48-46, 48-46).

Vivian Araujo Jennifer Mayyuni ochkolar evaziga mag'lub etdi (29-28, 29-28, 29-28).

Jonatan Martines Adrian Yanezni texnik nokautga uchratdi (raund 2, 2:26).

Mishel Pereyra Andre Petroskini texnik nokautga uchratdi (raund 1, 1:06).

Kristian Rodriges Kemeron Saaymanni ochkolar evaziga mag'lub etdi (30-27, 30-27, 29-28).

Darren Elkins Ti-Jey Braunni og'rituvchi usulda mag'lub etdi (rear-naked choke) – (raund 3, 2:23).

Taynara Lisboa Ravena Oliveyrani ochkolar evaziga mag'lub etdi (29-28, 29-28, 29-28).

Terrens Makkinni Brendon Marottani texnik nokautga uchratdi (raund 1, 0:20).

Melissa Dikson Irina Alekseevani ochkolar evaziga mag'lub etdi (30-27, 29-28, 29-28).

Kris Guterres Xeyli Alatenani ochkolar evaziga mag'lub etdi (30-27, 30-27, 30-27).

Emili Dyukot Eshli Yoderni ochkolar evaziga mag'lub etdi (30-27, 29-28, 29-28).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing