19 may 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyuson: "Faoliyatim tugadimi? Bu faqat boshlanishi"
MMA jangchisi Toni Fergyuson so'nggi janglarda yomon natijalar qayd etayotganiga qaramay, faoliyatini yakunlamoqchi emasligini bildirdi.
Fergyuson AQSHning Xyuston shahrida UFC 262 musobaqasida Beneil Dariushga yutqazdi. Ushbu mag'lubiyat Toni uchun ketma-ket uchinchisi bo'ldi.
«Hali hech narsa tugamadi. Biz endi boshlaymiz. Ketib, bu tentaklarga dam beraymi? Yo'q! Faqat mening navbatimda emas! Endi meni jahlim chiqdi», - deb yozdi Fergyuson Instagram sahifasida.
Fergyusonning mag'lubiyat seriyasi Jastin Getji bilan bo'lgan kurashdan boshlandi, keyin Fergyuson eng og'ir zarbalarni o'tkazib yuborib, muddatidan oldin mag'lubiyatga uchradi. Toni CHarlz Oliveyra bilan kurashda ham mag'lub bo'lgandi.
Fergyusonning so'ngi g'alabasi 2019 yilning iyun oyiga to'g'ri keladi. O'shanda u Donald Serroneni nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar