05 okt 07:30
Yangiliklar
Toni Fergyuson: "Faoliyatimni yakunlash haqida o'ylab ham ko'rmaganman"
"Nafaqaga chiqish niyatida emasman. Hali bu haqida o'ylab ham ko'rmadim. Albatta, qafasga kirib, biz qilayotgan ishlarni takrorlash oson emas. Buning uchun miya kerak. Ushbu ish bilan shug'ullanayotganimdan xursandman va faoliyatimni yakunlash haqida o'ylab ham ko'rmayapman.
Jang qilish va g'alaba qozonishdan boshqa ishni qilishni bilmayman, biroq mag'lub ham bo'lib turaman. SHu bilan birga mag'lubiyatni yoqtirmayman, hatto yomon ko'raman, biroq bundan qanday qutulishni bilaman. Hafa bo'lgan omadsiz inson bo'lish menga yoqmaydi, o'rnimdan turib, faqatgina oldinga harakatlanaman", - dedi Fergyuson.
Fergyuson va Pimblett o'rtasidagi UFC 296 turniri doirasidagi jang 16 dekabr kuni o'tkaziladi.
Fikrlar