02 dek 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Toni Fergyuson Getji – Pimblett jangi bo'yicha taxmin berdi
UFC sobiq jangchisi Toni Fergyuson Jastin Getji va Peddi Pimblett o'rtasidagi jang uchun taxmin bildirdi.
Ushbu jang 25 yanvar kuni Las-Vegas (AQSH) shahridagi UFC 324 turnirida o'tkaziladi.
"Agar men kimnidir tanlaydigan bo'lsam, kamar uchun allaqachon jang qilgan yoshi kattaroq jangchidan ko'ra, yangi imkoniyat uchun ketayotgan yosh jangchini tanlardim. G'alaba Peddida bo'ladi. Lekin ikkalasiga ham omad tilayman, umid qilamanki, nokaut bo'ladi", — dedi Fergyuson.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar