So’nggi yangiliklar

14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0

03 iyu 16:50
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Toni Fergyuson jarohatlari bo'lsa-da, taslim bo'lmaydi. Mo'jiza sabab suyagi sinmay qolgan, hattoki raqibi uni bo'g'ayotganda uxlab qolgan

Teglar :  Toni Fergyuson
Toni Fergyuson jarohatlari bo'lsa-da, taslim bo'lmaydi. Mo'jiza sabab suyagi sinmay qolgan, hattoki raqibi uni bo'g'ayotganda uxlab qolgan

Jangchi


Toni Fergyuson UFC ning eng mashhur jangchilaridan biri. Muxlislari uni qonli janglari, ajoyib matbuot anjumanlari va xarakteri uchun ham yoqtirishadi. 2020-yilgacha 29 ta jang o'tkazib, undan uchtasida mag'lubiyatga uchragan. U Jastin Geytj (jang oxirlab qolganda o'tkazib yuborgan zarbasidan boshi yorilgan), CHarliz Oliveyra va Beniel Dariushdan engilgan. Toni taslim bo'lsa-da, harakat qilishda davom etyapti. Jang vaqtida Oliveyra uning qo'lini, Dariush esa oyog'ini (hattoki tizzasining qirsillagani ham eshitilgan) jarohatlagan. Hech bir jangda Fergyuson shunchaki taslim bo'lmagan.

Toni kurashdan to'xtamaydi: mag'lub bo'ldi, nokdaun holatiga tushdi va 2009-yilda bog'ilayotgan vaqtda uxlab qoldi



Jangchilarning o'z mag'lubiyatiga qarashlari turlicha bo'ladi: kimdir uchun bu o'sha vaqtdagi zarurat, yana kimdir uchun sharmandalik. Aleksandir SHlemenko- hech qachon taslim bo'lmaganidan mag'rurlanadi. U bo'g'ilayotganda uxlab qolish haqiqiy jangchining ishi deb hisoblaydi. Makgregor va Xabib o'rtasidagi jangda irlandiyalik bo'g'ilishni boshlaganda qo'li bilan erga urdi va bu holat orqali unga tap machine degan yoqimsiz ibora qo'llashdi.

Konorning mag'lubiyatidan bir yil o'tib Xabibning ukasi Abubakar Nurmagamedov ham shu yo'sinda raqibidan engildi. Bu xeyterlar orasida kulguga hamda Xabibning ukasi hech qanaqasiga Konordan zo'r emasligi haqida gap-so'zlar tarqalishiga sabab bo'ldi. Abubakarning mag'lubiyati Abdulmanap Nurmagamedovni ham jahlini chiqargan edi, chunki u jangchilariga oxirigacha kurashish kerakligini, hamda ixtiyoriy taslim bo'lish kuchsizlarning ishi deb aytar edi.
2009-yilda Fergyuson taslim bo'lmadi va shunchaki uxlab qoldi. SHundan so'ng bu holat boshqa umuman qaytarilmadi: 2018-yilda Entoni Pettisom bilan bo'lgan bahsda Toni nokdaun holatiga tushib qoldi, biroq raqibi g'alaba qilmasligi uchun harakatdan to'xtamadi. Bu ish berdi va Fergyuson texnik nokaut bilan Entonini mag'lubiyatga uchratdi.
Fergyuson Oliveyra va Dariush bilan janglarda qiyinchiliklarga duch keldi: oyog'i hamda qo'li jarohatlandi, biroq kurashishda davom etdi
Tonining o'n ikki jangdan iborat g'alabalar seriyasini Jastin Geyji to'xtatib qo'ydi: u Fergyusonga shunaqangi zarba yo'lladiki, natijada hakam jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Odatda Toni raqiblarining yuzini qonli niqobga aylantirib qo'ygan bo'lsa (bu hattoki mashhur kollajga ham sabab bo'lgan), bu safar uning o'zi qurbonga aylandi.
Mag'lubiyatidan so'ng Fergyuson tushkunlikka tushib qoldi: u Oliveyra va Dariushga imkoniyaciz yutqazdi va 2020 yildan beri ketma-ket to'qqiz bahsda ham g'alaba qozona olmadi. Tonining mag'lubiyatlari muxlislarni xafa qildi, chunki bu ketishda u hech qachon kamarni qo'lga kirita olmaydi. Fergyusonning qanday yutqazishi yanada achinarli: u kurashadi, ammo keksaygan tanasi bunga dosh bera olmaydi. Toni tezlikni yo'qotdi, bu orqali u raqiblariga g'alaba yo'lini ochib beryapti, hattoki so'nggi janglarda uning ko'rinishi achinarli holda.
Ammo Fergyuson shunchaki taslim bo'lmadi: Oliveyra (hozirgi engil vazn toifasida UFC chempioni) bilan jangda u ko'pchilik bir necha soniya ichida taslim bo'ladigan tirsakning qattiq ushlanishiga ham dosh berdi. Fergyusonning qayrilgan qo'li sinib ketadigandek ko'rinardi. Og'riq sababli raqibiga mag'lub bo'lish bo'g'ilib taslim bo'lishdan ham qiyin. Toni buni qanday uddasidan chiqqanligi nomalum.

Jangdan so'ng UFC ning Twitter'dagi rasmiy sahifasida Toni-odam emas degan gap yozib qo'yilib, o'sha holat aks etgan surat ham joylandi.
Beneil Dariush bilan jangda Fergyuson barchani hayratda qoldirdi: u oyog'ining dahshatli og'rig'iga ham dosh berdi. Bu hol uning raqibini ham hayratlantirdi.
Jangdan so'ng Dariush: “Zarbdan keyin, qarsillagan tovush eshitildi. U menga hammasi yaxshi degandek qaradi. U-haqiqiy zombi”,-deb aytgan.
Fergyuson o'zining Instagramdagi sahifasiga surat joylab, “Men hech qachon taslim bo'lmayman”,-deb yozib qoldirdi.
Uning bu gaplaridan ikkita narsani: hech qachon taslim bo'lmasligini va hali nafaqaga chiqish niyati yo'qligini tushunib olsa bo'ladi. Biroq, Dana Uayt Tonining faoliyati tugash nuqtasiga kelgani haqida gapirayotgan bo'lsa-da, 37-yoshli jangchi hali g'alaba cho'qqisiga chiqish imkoni borligiga ishonadi.
Bu haqida Fergyuson o'zining Instagram sahifasida qiziqarli rasm joylab:” Men yutqazishni yomon ko'raman. O'yin o'zgardi va men sportchi sifatida nimani o'zgartirish kerakligini bilaman. Asta-sekin uslubni o'zgartiramiz va yanada yaxshi holga kelaman. Bunga kutganimdan ham uzoqroq vaqt ketadi, biroq bilasizmi hamma narsa bo'lishi mumkin.
Meni hisobdan chetga chiqarib qo'ymang. Bu bolalar men bilan jang qilishni istashmaydi, lekin o'zim ham istamayman. CHak va Bennini g'alabasi bilan tabriklayman. Yaramaslar! Agar birinchi o'rinda bo'lmasang, oxirgisida qolib ketasan”,-deb yozib qoldirgan.

Sports.ru sayti asosida Qayumova Ozoda tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing