09 jan 13:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Toni Fergyuson o'zbekistonlik sportchilar bilan bitta ligada jang qilishi mumkin
UFC jangchisi Toni Fergyuson GFL ligasi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqida boshqa bir UFC jangchisi Kevin Li aytib o'tdi.
"Menga GFL'dagi bir necha yigitlar bilan jang qilishni taklif qilishdi, ammo meni ko'proq Toni Fergyuson qiziqtirmoqda. Uning faoliyatida parvozlar va sho'ng'ishlar bo'ldi, ammo bizda UFC vaqtinchalik chempionligi uchun ajoyib jang bo'lgandi. Uni ko'pchilik qo'llab-quvvatlaydi deb o'ylayman. Men bu jangni judayam istayapman. Toni shartnoma borasida liga bilan muzokaralar olib bormoqda", - dedi Li.
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik MMA jangchilari Amirxon Alixo'jaev va Humoyun To'xtamurodov ham mazkur liga bilan shartnoma imzolagan.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar