29 okt 09:18
Yangiliklar

Toni Fergyuson: Xabib mendan dumini likillatib qochib ketdi
U bu orqali dog'istonlik chempionning fikridan qaytarmoqchi bo'layapti.
"Xabib faoliyatini yakunlaganidan xayratga tushmadim. Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Aziz o'z ishini qildi. U o'z mijozini o'ta jiddiy raqibdan qutqarib qoldi. Xabib mendan qochib ketdi. Rossiyalik bu yigitlar mendan har qanday bahonalar bilan qochib qolishmoqda. Jin ursin, bu dog'istonlik mendan dumini likillatib qochib ketdi. Mayli, MMAda o'tkazgan faoliyatingni qadrlayman. Oilaviy ishlaring bilan mashg'ul bo'l. Agar qaytmoqchi bo'lsang, sen bilan oktagonda ko'rishamiz", — degan Fergyuson.
Eslatib o'tamiz, UFC Xabib — Fergyuson jangini tashkil etish uchun besh bor uringan. Lekin barcha urinishlar besamar ketgan.
Fikrlar