28 fev 14:49
Yangiliklar
Toni Fergyuson Xabibning bo'yniga yana bir aybni ildi
"Jangdan bir kun avval men hech qachon bormagan sport zaliga mashg'ulot o'tkazish uchun bordim. Men xodimlar bilan uchrashdim, hamma narsa ajoyib edi. Ammo bitta murabbiy o'zini shubhali tutdi - u meni kuzatib turardi. Men meshok bilan ishladim, men juda yaxshi edim - va o'sha murabbiy menga qarashda davom etdi. Mashqdan keyin uxlashga yotdim, ovqatlandim, hamma narsa ajoyib edi. Ertalab esa Habib kasalxonaga yotqizilganini bildim.
Biroz vaqt o'tgach, men yana o'sha murabbiyni ko'rdim - u Habibning murabbiyi Xaver Mendes bilan suhbatlashayotgan edi. Malum bo'lishicha, o'sha mashg'ulotdan so'ng u Nurmagomedovga qo'ng'iroq qilib: "Bu yigit xavfli", - degan. Ishonamanki, shu sababli Xabib jangni tark etishga qaror qilgan. Ular qo'rqib ketishgan", dedi Fergyuson.
Fikrlar