22 apr 18:23
Yangiliklar
Boks/MMA
"Topuriya: "Agar Getji orqaga chekinmasa, uni birinchi raundda nokaut qilaman"
UFC engil vazn chempioni Iliya Topuriya 14 iyun kuni Oq uyda o'tadigan turnirda amerikalik Jastin Getjiga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
"Agar u jang boshidanoq orqaga chekinmasa, uni birinchi raundda nokaut qilaman. Men doim aytaman: hech kim oktagonda mening mahoratimga bas kela olmaydi. Buni aytsam, odamlar meni takabbur deyishadi, lekin mening gaplarim noto'g'ri ekanini isbotlab beringlar. Hozircha bunday bo'lgani yo'q", — dedi Topuriya.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar