30 mar 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Topuriya - Getji jangida zaxira jangchisi kim bo'lishi aytildi
14 iyun kuni Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC turnirida Iliya Topuriya va Jastin Getji o'rtasidagi jang uchun zaxira jangchisi kim bo'lishi aytildi.
Engil vazn reytingida birinchi o'rinda turgan Arman Carukyan ushbu to'qnashuv uchun zaxira jangchisi bo'lishini aytdi.
"Topuriya yaqin orada jang qiladi va hozir "agar UFC aytsa, Carukyan bilan jang qilaman" deyapti. Lekin uning jang oldidagi rejasi bor, men esa zaxirada bo'laman. Agar biror narsa bo'lsa, men tayyorman. Faolligimni saqlab qolaman", — dedi Carukyan Bloody Elbow'ga.

Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar