25 noy 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Topuriya Maxachev bilan ehtimoliy jang haqida: "Balki yangi oraliq vazn tashkil etilar"
UFC’ning engil vazn chempioni Iliya Topuriya yarimo'rta vazn chempioni Islam Maxachev bilan qaysi vaznda va qaysi kamar uchun jang qilishga tayyor ekani haqida gapirdi.
"Agar UFC menga Islam bilan jang qilish uchun yarimo'rta vaznga o'tishga ruxsat bermasa, unda men Islam bilan uchinchi vazn toifasida jang qilishni istardim. Ko'ramiz, balki menda engil vaznda yana bir jang bo'lar. Keyin yozda ular menga yarimo'rta vaznga o'tishga ruxsat berishi mumkin va men uchinchi kamar uchun jang qilaman. Yoki ular yangi kamar — oraliq vaznda pound-for-pound kamarini yaratishar. U holda men shu pound-for-pound kamari uchun jang qilaman. Ko'ramiz, variantlar ko'p", — dedi Topuriya.
Havola :
Manba : KOlmenero
Fikrlar